O’zR FA Direktorlar kengashining qo’shma majlisi to’g’risida axborot


30.10.2015

...

2015-yilning 28 oktyabr  kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining (O’zR FA) Hay’ati va Direktorlar kengashi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi (FTRMQ) ва O’zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining (OAK), 2015-yil 9 oylik faoliyat natijalariga bag’ishlangan qo’shma majlisi bo’lib o’tdi.

Majlisni kirish so’zi bilan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.L.Lutpullayev ochdi.

Majlisda O’zR FA Bosh ilmiy kotibi B.T.Ibragimovning “Fanlar akademiyasining 2015-yil 9 oy davomidagi faoliyati va kelgusidagi ustuvor vazifalari” nomli, FTRMQ raisi o’rinbosari O.R.Parpievning “Davlat ilmiy-texnika dasturlarining 2015-yil 9 oylik natijalari, OAK Бош ilmiy kotibi A.Daminov hamda O’zR FA Umumiy bo’lim boshlig’i N.A.Abduraxmonovaning “Ijro intizomini mustahkamlash bo’yicha olib borilgan ishlar tahlili” to’g’risdagi ma’ruzalari tinglandi va muhokama qilindi.

Qo’shma majlis yakunlariga ko’ra qaror qabul qilindi va Fanlar akademiyasining 2015-yilda ilmiy tadqiqotlarni va ilmiy muassasalar faoliyatini yanada rivojlantirish, shu jumladan ilmiy ishlanmalarni iqtisodiyotga tadbiq etish xissasini ko’paytirish, jumladan import o’rnini bosuvchi, eksportga yo’naltirilgan va ilmiy hajmdor mahsulotlarni ko’paytirish bo’yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.