O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yosh olimlar kengashi axborot xati


04.12.2015

...

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI

YOSH OLIMLAR KENGASHI

 A X B O R O T   X A T I

Hurmatli yosh olim va tadqiqotchilar!

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yosh olimlar Kengashi Sizlarni 2015-yilning 22-dekabr kuni Toshkent shahrida o’tkaziladigan Respublika «Yosh olimlar Konferensiyasi – 2015» ilmiy anjumanida ishtirok etishga taklif etadi.

Konferensiya quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’tkazilishi rejalashtirilmoqda:

  1. Tabiiy fanlar
  2. Aniq fanlar
  3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Konferensiya tezislari ilmiy to’plam sifatida va elektron nusxada nashr qilinishi ko’zda tutilgan. Konferensiyada ishtirok etish uchun 40 yoshgacha bo’lgan tadqiqotchilar (har bir muallif 3 tagacha) quyida keltirilgan talablar bo’yicha tezislar yuborishlari mumkin.

Tezislar o’zbek, rus va ingliz tillarining birida qog’oz nusxada va tashkilotning ekspert kengashi xulosasi bilan Konferensiya tashkiliy qo’mitasiga 2015-yilning 1-dekabrgacha qabul qilinadi (tezislarning elektron shakli ham taqdim etilishi zarur). Tezis matni 3 betgacha, A4 formatda, Times New Roman
14 o’lchamli shriftda, chegaralari: yuqori,
past, chap va o’ng tomonlaridan 25 mm, qatorlararo interval 1 bo’lishi lozim.

Tezis nomi katta, qoraytirilgan xarflar bilan o’rtada yozilib, keyingi qatorda muallifning ism-sharifi va familiyasi yoziladi. Navbatdagi qatorda tashkilotning to’liq nomi va elektron pochtasi ko’rsatiladi (ma’ruzachining familiyasi chiziq bilan belgilanishi tavsiya etiladi).

Talablar asosida rasmiylashtirilmagan va kechiktirilib topshirilgan tezislar qabul qilinmaydi va to’plamga kiritilmaydi. Qabul qilingan tezislar Konferensiya tashkiliy qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqilib, nashrga tavsiya etiladi.

Tashkiliy qo’mita manzili:

O’zR FA Yosh olimlar Kengashi, 100047, Toshkent shahri, Ya.G’ulomov ko’chasi, 70-uy, 304-xona.  Dalimova D.A.. Tel.: (+99871) 2335229 , (+99890) 9293412.
E-mail: dilbar.dalimova@gmail.com

Konferensiya tashkiliy qo’mitasi