Fanlar akademiyasida eng faol yosh olim tanlovi o`tkazildi


26.05.2015

...

O’zbekiston Respublikasida 2015-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlash hamda Yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo’lib kamol topishiga bo’lgan intilishlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi xamda hamkor vazirliklar o’rtasida  “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovini o’tkazish hamda “Yosh mutaxassislar” Respublika III Forumini tashkil etish to’g’risida”gi qo’shma qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibidagi ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat olib borayotgan yosh olimlar ishtirokida “Eng faol yosh olimtanlovi tashkil etildi.

O’zR FA ilmiy tadqiqot muassasalarida tanlovning birinchi, ikkinchi bosqichlari o’tkazilib, saralangan yosh olimlar joriy yilning 26-iyun kuni O’zbekiston Fanlar akademiyasi binosi majlislar zalida Toshkent shahar va Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Yoshlar kengashi, O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, O’zR FA ma’muriyati va birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan xamkorlikda Toshkent shahar va toshkent viloyati bosqichi tashkil etildi.

Fanlar akademiyasi tizimida bo’lgan Toshkent viloyatidagi ilmiy tadqiqot muassasalaridagi “Yilning eng faol yosh olimitanlovi bo’yicha  tuzilgan hakamlar hay’ati tavsiyasiga ko’ra quyidagi yosh olimlar g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bular:

1-o’rin Genomika va bioinformatika markazi yosh olimi Ayubov Mirzakamol Sobitjonovich.

2-o’rin Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi instituti yosh olimi Rasulov Baxtiyor Abdug’offorovich.

3-o’rin Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi instituti yosh olimi Rejapova Marg’uba Mo’minovna.

Tanlovning Toshkent viloyati bosqichida g’olib deb topilgan Ayubov Mirzakamol Sobitjonovich Respublika bosqichida ishtirok etishga tavsiya etildi.

 

Toshkent shahar bosqichi tanlov natijalariga ko’ra hakamlar hay’ati tomonidan qo’yidagilar g’olib deb topildi.

1-o’rin Gaziev Baxtiyor Abduraimovich – Energetika va avtomatika instituti kichik ilmiy xodimi.

2-o’rin Abdujabborov Axmadjon Odiljonovich – Yadro fizikasi instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchi, fizika-matematika fanlari nomzodi.

3-o’rin Xakimov Munisjon- Til va adabiyot instituti ilmiy xodim-izlanuvchi.

 

O’zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tadqiqot muassasalaridan g’olib deb topilgan Energetika va avtomatika instituti kichik ilmiy xodimi Gaziev Baxtiyor Abduraimovich Respublika bosqichida ishtirok etishga tavsiya qilindi.

G’oliblarga O’zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi va Fanlar akademiyasi ma’muriyatining estalik sovg’alari hamda Diplomlar topshirildi.